Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim tashkilotining akademik ishlar va sifat kafolati bo‘yicha direktori Sem Fenvik amaliy tashrif bilan keldi.

Tashrif doirasida u universitet rektori Anvar Absamatov bilan uchrashdi. Muloqotda universitet qoshidagi Alvis Pathway (NCUK) markazi faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, NCUK Xalqaro tayyorlov yili dasturini rivojlantirish, mashg‘ulotlarga jalb etilgan professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda o‘quv jarayonini xalqaro talablar asosida tashkil etishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yangi NCUK dasturlarini joriy etish va hamkorlikni uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Sem Fenvik universitet qoshidagi Alvis Pathway (NCUK) markazining akkreditatsiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim sifatini xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish ishlariga bevosita rahbarlik qilib kelmoqda. U 2026-yil 12-iyun kuni universitetda tashkil etilgan onlayn ochiq eshiklar kunida ham ma’ruza bilan ishtirok etgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun