Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy merosini namoyon etuvchi muhim boylik. Ularni asrab-avaylash, urf-odat va an’analarni yosh avlodga yetkazish, talabalarning bu boradagi bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichi tashkil etildi.
Turli oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashgan tanlovda ishtirokchilar o‘z bilimlari, dunyoqarashi hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga doir qarashlarini namoyon qildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Xidirov Muhiddin Hursanovich, Termiz davlat universiteti;
2-o‘rin — Rustamova Mahzuna Vahobjon qizi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;
3-o‘rin — Bekmurodov Umid Bekmurodovich, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
3-o‘rin — Shaymardonova Nigora Qurbonovna, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Tanlov milliy merosimizni chuqur anglaydigan, uni zamon talablari asosida targ‘ib eta oladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. Hududiy bosqich g‘oliblari esa o‘z bilim va salohiyatlari bilan keyingi bosqichlarda ham munosib ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

