Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi San’at saroyida namoyish etilgan “Yo‘qotilgan yillar” spektaklini tomosha qildilar.
Asar talabalarda katta taassurot qoldirib, umrning qadriga yetish, insoniy munosabatlar va hayotiy tanlovlar haqida o‘ylashga undadi. Spektakl voqealari orqali tomoshabinlar vaqtni qadrlash va har bir qarorning hayotdagi o‘rni haqida mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday teatr tomoshalari yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, san’atga qiziqishini oshirish va hayotiy qadriyatlar haqida teranroq fikr yuritishiga xizmat qiladi.

