“Temurbek” asari taqdimoti o‘tkazildi

Date:

​Yoshlarni va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasoratga boy hayot yo‘lini keng targ‘ib qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

​Harbiy qism hududida ochiq havoda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Otabek Hasanov tashabbusi va g‘oyasi bilan tayyorlangan hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub “Temurbek” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

​Tadbirlar davomida ma’naviyat xodimlari hamda tadbir tashkilotchilari so‘zga chiqib, asarning mazmun-mohiyati, Amir Temurning yoshlik yillari, uning shaxsiyatida shakllangan harbiy mahorat, adolat va vatanparvarlik tushunchalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Kitob harbiy xizmatchilar va yosh intiluvchilar uchun mardlik hamda yetakchilik saboqlarini beruvchi muhim manba ekani alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tgan taqdimot davomida harbiy xizmatchilar asardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir so‘ngida kitobxonlikni yanada ommalashtirish va bunday ma’naviy uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

S. Xolmamatov,

kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun