YUTUQLAR, IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

Date:

Bugungi kunda sport nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash, balki jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda ham muhim vosita sifatida qaralmoqda. Xususan, ayollar sporti so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘zining salmoqli natijalari, global miqyosdagi yutuqlari hamda keng imkoniyatlari bilan alohida e’tiborga molikdir. Avvallari ko‘proq erkaklar faoliyat sohasi sifatida qaralgan sport bugungi kunda ayollar hayotida ham keng o‘rin egallamoqda.

So‘nggi o‘n yilliklarda ayol sportchilar xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishmoqda. Olimpiada va jahon chempionatlarida ayollar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan medallar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Badiiy gimnastika, tennis, futbol, yengil atletika va taekvondo kabi sport turlarida ayollar erkaklar bilan tengma-teng raqobatlashmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston sportchilari ham xalqaro maydonda yorqin yutuqlarga erishmoqda. Masalan, badiiy gimnastika, kurash, dzyudo va og‘ir atletika taekvondo yo‘nalishida yosh ayol sportchilarimizning muvaffaqiyatlari nafaqat milliy, balki global miqyosda ham tan olinmoqda. Bu esa ayollar sportiga bo‘lgan ishonch va qiziqishni yanada kuchaytirmoqda

Ayol sportchilar uchun maxsus sport maktablari, sport akademiyalari va xalqaro dasturlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy sport infratuzilmalari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi loyihalar ham ayollar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, ayollar sportining sog‘lomlashtiruvchi, psixologik hamda ijtimoiy integratsiya jarayonidagi ahamiyati katta. Sport orqali ayollar nafaqat sog‘lom turmush tarziga amal qiladilar, balki o‘zini namoyon etish, o‘zini isbotlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Gulshan Hakimova,

TerDU o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun