Mingdan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi va tadbirkorlar murojaatlarini hal etish maqsadida navbatdagi onlayn qabul o‘tkazildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida o‘tgan muloqotda avvalgi murojaatlarning ijrosi tahlil qilinib, qonunchilik talablariga rioya etilmagan holatlar bo‘yicha mas’ullarga chora ko‘rildi.

Qabul davomida 1 075 nafar fuqaroning murojaati, jumladan 996 nafar ish izlovchining masalalari ko‘rib chiqildi. Ulardan 37 tasi joyida hal etildi. Shuningdek, tadbirkorlardan kelib tushgan 47 ta murojaatdan 15 tasi darhol yechim topdi.

Murojaatlar ijrosi viloyat hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olinib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ishlar ham tahlil qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun