Termizga 100 ta zamonaviy avtobus olib kelinadi

Date:

Yoʻlga otlandikmi, manzilimizga zumda yetishni istaymiz. Eng qulay avtoulov esa avtobusdir. Shahrimizga yangi va zamonaviy avtobuslar keltirilishini eshitgan borki, qulaylikdan mamnun boʻladi. Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “SINOSURE” sug‘urta tashkiloti vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida Termiz, Olmaliq va Toshkent shaharlariga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Termiz shahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida “Termiztransportxizmat” MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobus sotib olish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha shahar aholisi uchun qulay, xavfsiz va samarali transport xizmatlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun