“Skuter”lar olib berildi

Date:

Yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilgani ma’qul. Ana shundagina xalqning roziligiga erishiladi. Buning uchun tezkorlik, mas’uliyat muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mahallalarga biriktirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari aholi bilan ishlashda doimiy tarzda uyma-uy yurishlariga to‘g‘ri keladi.
Shu jihatdan bir nechta mahallaga bir nafar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimining biriktirilgani ish jarayonida tezkorlik bilan kirishishni tlab etadi. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan homiylik mablag‘lari hisobidan Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olishi uchun 12 dona “skuter” olib berildi.
“Skuter”lar Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarma boshlig‘i M.Tag‘oyev va bankning viloyat bank xizmatlari ofisi rahbari J. Ergashevlar tomonidan topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun