“Qalpoq” ijodkorlari Sherobodda…

Date:

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvini maroq bilan tomosha qilganmiz. Yengil kulgu ostiga olinadigan qahramonlarning xatti-harakati, gap-so‘zlari e’tiborni tortmay qo‘ymaydi. Asosiysi tanlangan mavzu ham xalq ichidan olingan, sodda va samimiy o‘zbekning fe’li, xarakteri ochib beriladi. “Qalpoq”ni oynai jahon orqali ko‘rganda shunchalik zavq olsak, jonli tomoshasi qanday bo‘larkin?


Sherobod tumani ahli O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi bahonasida ana shunday imkoniyatga ega bo‘ldilar. Sherobod tumani 1-sektori “Katta hayot” mahallasi hududida joylashgan Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlarining kontsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida “Qalpoq” hajviy guruhi o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlar yuziga kulgu ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

M-41 bo‘yida qulayliklar yaratiladi

Yo‘l infratuzilmasi nafaqat transport harakati, balki hududning obodligi va...

Bahodir Jalolov: 18 g‘alaba, 15 nokaut

Ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali...

Tilga e’tibor — savodxonlikdan boshlanadi

Davlat tiliga hurmat uning sofligini asrash, imlo qoidalariga rioya...

XAVFSIZLIK TALABLARI TANQIDIY OSTIDA

Xavfsizlik muhim, ayniqsa, jamoat joylarida. Birgina ehtiyotsizlik yoki e’tiborsizlik,...
KunTun
KunTun