Bolajonlar bilan samimiy muloqot

Date:

Angor tumanidagi 9-ko‘p tarmoqli maktab-internatda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Mirsaid Shukurov ishtirok etdi. Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim olish va iste’dodini namoyon etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdi.

Termiz garnizoni harbiy orkestrining chiqishi, o‘quvchilar ijrosidagi Vatan haqidagi kuy-qo‘shiq va she’rlar uchrashuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida bolajonlarga harbiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun