Tashabbuskor yoshlar harakatda

Date:

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarda yoshlarning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida yoshlar ishtirokida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi 723 ta mahallada tashkil etilgan yoshlar hasharida 13 ming nafardan ortiq volontyor yoshlar va yoshlar yetakchilari faol qatnashmoqda. Hashar davomida mahallalar obodonlashtirilib, ko‘chalar va qabristonlar tartibga keltirilmoqda. Shu bilan birga, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning xonadonlarida uy yumushlari va boshqa zarur ishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, Angor tumanidagi “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi Malohat Rasulova xonadoniga tashrif buyurgan yoshlar xonadon yumushlarida yordam berib, keksa onaxonning duosini oldilar. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarni mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat kabi insoniy fazilatlar atrofida birlashtirib, mahallalar obodligi va aholi farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1 500 bedana ortidagi katta niyat

Muzrabot tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorlarning faoliyati o‘rganilib,...

Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi...

Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel,...

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...
KunTun
KunTun