Yurtni ardoqlab…

Date:

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati. Uni asrash, yurt tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash esa mard va fidoyi harbiy xizmatchilar zimmasidagi sharafli vazifadir. Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ham ana shu ezgu g‘oyalar ruhida o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar va mehmonlarga Vatan, xalq va istiqlol madh etilgan kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Ayniqsa, yosh harbiy xizmatchining musiqa jo‘rligida Vatanga bag‘ishlangan qo‘shiqlarni ijro etgani yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Harbiy orkestrning jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari, raqslar va samimiy taronalar bayram tadbiriga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

“Yagona Vatan, yagona xalq, yangi hayot va kelajak uchun” shiori ostida tashkil etilgan tadbir harbiy xizmatchilarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglash hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

S.XOLMAMATOV,

kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun