Angorda istiqlol taronalari yangradi

Date:

Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Uning 35 yilligi munosabati bilan Angor tumanida «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tuman amfiteatrida o‘tkazilgan tantanada keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar va faollar ishtirok etib, istiqlol ayyomi shukuhini birgalikda nishonladilar.

Bayram dasturidan Vatanga muhabbat va sadoqatni tarannum etuvchi musiqiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar o‘rin oldi. Ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik va jo‘shqinlik bag‘ishladi.

Tadbir ishtirokchilarga Mustaqillikning bebaho ne’matlari, tinch va osoyishta hayotning qadrini yana bir bor his etish, yagona Vatan va yagona xalq tuyg‘usini qalblarda mustahkamlash uchun bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun