Sohada texnologik yutuq

Date:

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini paxtachilikda qo‘llash yuqori natijalar berib, yer unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov «Qoraariq shamoli» fermer xo‘jaligida bo‘lib, ushbu hududda joriy etilayotgan zamonaviy sug‘orish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv davomida suvni tejash, hosildorlikni oshirish va agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mutaxassislarga texnologiyani to‘g‘ri qo‘llash va undan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun