O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga qadar 3 bosqichda Ayollar sport olimpiadasini tashkil etish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.
Mazkur olimpiada doirasida xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shashka, shaxmat hamda yugurish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan Denov tumani “Yangiqishloq” mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida “Sog‘lom ona — baxtli kelajak” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
Mazkur marafonda mahallaning “Oqila ayollar” harakati kengashi a’zolari, o‘quvchi-yoshlar hamda xotin-qizlar faol ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xonadonlarda sog‘lom muhitni shakllantirish va xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirishdan iboratdir.

