Yangi koʻprik ishga tushdi

Date:

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Oltinsoy tumanida yana bir muhim loyiha hayotga tatbiq etildi.

“Gulobod” mahallasida yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman rahbariyati, deputatlar va mahalla aholisi ishtirok etdi. Mazkur inshoot transport qatnovini yengillashtirib, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini yaratadi.

Ko‘prik ishga tushirilishi bilan ichki yo‘llar o‘rtasidagi bog‘lanish yaxshilanib, ayniqsa, o‘quvchilar va nuroniylar uchun harakat xavfsizligi ta’minlandi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari hudud infratuzilmasini rivojlantirib, aholining kundalik turmushini yanada yengillashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun