Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil etildi. Tuman hokimligi, mahalla uyushmasi va homiylar tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida 10 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga milliy qadriyatlar asosida tantanali sunnat to‘yi qilib berildi. Bayramona dastur va quvonchli lahzalar bolalar hamda ularning ota-onalariga unutilmas taassurot ulashdi.
Shuningdek, bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

