Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqaning -67 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Abdul Vahhob Rashidov jahonning yetakchi karatechilarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va turnir chempioniga aylandi.
Ushbu natija O‘zbekiston karate tarixida so‘nggi 7 yil ichida qayd etilmagan yuksak yutuq sifatida e’tirof etilmoqda. Bu g‘alaba yurtimiz sportida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi hamda kelgusidagi yirik musobaqalar uchun muhim signal bo‘lib xizmat qiladi.

