Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi qurilishi so‘nggi bosqichga yetdi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-438-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Farrux Xoliqov va mas’ullar qurilish jarayonini o‘rganib, ishlar sifati, muddatlar hamda zamonaviy tibbiy talablar asosida jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Qurilishni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi bo‘lim ishga tushirilgach, aholiga tezkor va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib, xizmat sifati sezilarli darajada oshadi.

