Uzunlik iqtidorli sportchi Arslonbek Komilov para powerlifting bo‘yicha Osiyo chempionatida yorqin natija qayd etdi. Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada u yoshlar o‘rtasida 97 kg vazn toifasida qatnashib, barcha yo‘nalishlarda tengsiz ekanini isbotladi.
Yakunda sportchimiz 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuq sportchining qat’iy mehnati bilan birga, hududda sportni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor va imkoniyatlar samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

