Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy marsh yuksak tantanavor ruhda bo‘lib o‘tdi. “Vatanparvarlar” xiyobonidan Etnoshaharcha hududigacha davom etgan yurishda harbiylarimizning har bir qadami Vatanga sadoqat va ajdodlar merosiga hurmat timsoli bo‘ldi.

Temuriylar davri libosidagi otliqlar, harbiy orkestr sadolari va saf tortgan askarlar uyg‘unligi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ushbu tantana nafaqat tarixga ehtirom, balki bugungi tinchlik posbonlarining matonati va milliy g‘ururining yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Bu — buyuk ajdodlar ruhi va zamonaviy jasorat uyg‘unlashgan, yurt sha’ni va kelajagiga ishonchni mustahkamlagan unutilmas voqea bo‘ldi.

