Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay yotgan yerlarni qayta o‘zlashtirish maqsadida muhim loyiha amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, hududda zamonaviy nasos stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshoot orqali endilikda mahallaga suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, tomorqachilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Loyiha nafaqat infratuzilmani yaxshiladi, balki yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

