Bolalar uchun zamonaviy muhit

Date:

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi jadal davom etmoqda. Loyihaga jami 5 milliard 520 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, qurilish ishlari belgilangan me’yorlar asosida olib borilmoqda.

Hozirga qadar binoning birinchi qavati to‘liq yakunlanib, tom qismiga temir-beton plitalar o‘rnatildi. Ayni paytda ikkinchi qavatni barpo etish ishlari boshlangan. Shuningdek, hududni obodonlashtirish va o‘rash ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha foydalanishga topshirilgach, mahalladagi bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa yosh avlodning sifatli tarbiya va ta’lim olishi, hududda ijtimoiy infratuzilmaning yanada rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun