Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish” xalqaro trening kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Trening so‘ngida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda xorijiy va mahalliy olimlar hamda arxeologlar ishtirok etib, qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mazkur trening davomida ishtirokchilar zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalar bilan tanishib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
Ushbu xalqaro platforma ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish va arxeologiya hamda madaniy merosni asrash yo‘nalishida yangi istiqbollarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

