Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Date:

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yoshlar festivali haqiqiy bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy tarzda davom etmoqda.

Mazkur nufuzli festivalda faol, tashabbuskor hamda iqtidorli yoshlar turli tanlov va sport musobaqalarida o‘z salohiyatini namoyon etdi. Ayniqsa, milliy taomimiz — osh tayyorlash musobaqasi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Tajribali oshpazlar va yosh ishtirokchilar turli hududlarga xos osh tayyorlash an’analari, sir-asrorlari va o‘ziga xos uslublarini mahorat bilan namoyish etdi.

Har bir qozon atrofida milliylik, samimiyat va o‘zaro hamjihatlik muhiti hukm surdi. Ishtirokchilar tayyorlagan taomlar osh tayyorlash texnikasi, taqdimoti, ta’mi va milliy an’analarga sodiqlik mezonlari asosida baholandi.

Festival nafaqat bellashuv, balki yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularni asrab-avaylash va davom ettirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Mehmonlar esa dimog‘ni qitiqlovchi osh ifori va samimiy muhitdan bahra olib, bayramona kayfiyatni to‘la his etdi.

Shuningdek, estradamizning yorqin yulduzlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar festivalga yanada shukuh bag‘ishlab, barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Festival yakunida tanlov va sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib rag‘batlantirilib, bu ezgu tashabbus yoshlarning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etayotgani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun