Murojaatlar toifaga bo‘linadi

Date:

2026-yil 1-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 1-maydan boshlab Prezident Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar ustidan real vaqt rejimida nazorat o‘rnatiladi, kechiktirilgan murojaatlar avtomatik tarzda yuqori davlat organiga uzatiladi. Murojaatlar “shoshilinch”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvchi” toifalarga ajratiladi.

Farmonga muvofiq, hududlarda hokimlar, tuman va shahar idoralari rahbarlari ham hisobot beradi, Xalq qabulxonasi tashkil etiladi, vazirliklar va idoralar rahbarlari esa aholi murojaatlaridagi tizimli muammolar bo‘yicha alohida hisobot taqdim qiladi. Shuningdek, barcha shaxsiy va sayyor qabullar raqamlashtiriladi, jamoaviy murojaatlar mahalla vakillari bilan muhokama qilinadi.

Ushbu chora-tadbirlar aholining murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish, davlat organlarining hisobdorligini oshirish va muammolarni tezkor hal etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun