Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova o‘quvchi qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Vazir kubogi” musobaqasi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda qizlar sporti, ayniqsa futbolning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va mamlakat nufuzini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida vazir o‘quvchi qizlar va ularning murabbiylari bilan suhbatlashib, final bosqichi ishtirokchilariga omad tiladi. Ishtirokchilar esa musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilayotgani va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Albatta, bugun yoshlar qalbida ishonch, ko‘zlarida shasht zohir. Ular “imkon keng, marra bizniki” deya odimlashayotir
Tadbir yakunida faol o‘quvchi qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur uchrashuv qizlar sportini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

