G‘alaba, e’tirof va ilhom

Date:

Termiz shahrida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi yuqori saviyada, haqiqiy sport bayrami ruhida bo‘lib o‘tdi. Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar murosasiz va qiziqarli uchrashuvlarda maydonga tushib, o‘z mahorati, irodasi va jamoaviyligini namoyon etdi.

Final bosqichidagi o‘yinlar ayniqsa keskin va tomoshabop ruhda kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Natijada mezbon bo‘lmish — Boysun tumani 30-maktab jamoasi munosib tarzda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani 10-maktab jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi — ularga avtomobillar va yirik pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga ham alohida e’tibor qaratilib, turli sovg‘alar va qo‘llab-quvvatlovlar taqdim etildi. Bu esa har bir ishtirokchining mehnati qadrlanishini yaqqol ko‘rsatdi.

Tadbir taniqli san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlanib, bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

Mazkur musobaqa qizlar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, bu bellashuvlar kelajak chempionlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun