QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

Date:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yerdan oqilona va qonuniy foydalanishni ta’minlash, tizimda huquqiy tartibni mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini kafolatlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish va noqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan, viloyat hududida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish kabi holatlar hali-hanuz aniqlanmoqda.

Aniqlangan qonunbuzilishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 2 oyi davomida boshqarma va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan jami 317 ta holatda 48,4 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olingani aniqlangan. Tahlillarga ko‘ra, bu yerlarning:

• 0,10 gektari qishloq xo‘jaligi yerlariga,

• 0,16 gektari aholi punktlariga,

• 0,18 gektari suv fondi yerlariga,

• 0,06 gektari O‘rmon fondi yerlariga,

• 0,13 gektari Zahira yerlariga,

• 0,20 gektari esa sanoat, aloqa, mudofaa va tarixiy-madaniy obyektlar joylashgan hududlarga to‘g‘ri keladi.

Ushbu qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli shaxslarga ogohlantirish xatlari va ko‘rsatmalar yuborilgan. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 123 ta holat ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Shuningdek, qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatda choralar ko‘rmaganlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, noqonuniy qurilmalarni majburiy buzdirish ishlari olib borilmoqda.

Jinoyat alomatlari mavjud holatlar

Tahlil natijalariga ko‘ra, 30 ta holatda jinoyat alomatlari mavjud deb topilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon 149 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tadbirlar davomida bir qator yer qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sho‘rchi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida, fuqaro M.A.T. tomonidan tumandagi Sh.T.A.P. MCHJga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonidan 300.0 kv.metr egallab olib, 45.30 kv.metrdan iborat qorovulxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

 Aniqlangan holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi hamda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi.

 Sug‘oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish ishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 229 prim 1-moddasiga asosan – bazaviy hisoblash miqdorining tO‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Unutmang, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Eslatma, 2024-yil 5-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuniga ko‘ra, faqat 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda qurilgan va o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari hamda qurilmalar ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu sanadan keyin sodir etilgan har qanday noqonuniy harakatlar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va Uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan hududlarda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Shunga ko‘ra, Yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari bilan maʼmuriy javobgarlik choralari belgilangan:

Jumladan;

60-modda 2-qismi – Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish;

60-modda 3-qismi – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish;

60 prim 1-moddasi – Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik;

68-modda 1-qismi – Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish;

68-modda 2-qismi – Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish takror sodir etilgan bo‘lsa;

68 prim 1-moddasi – Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik;

69-modda – Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229¹-moddasiga ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab, ularda qurilish ishlarini amalga oshirish — qonunga xilof harakat hisoblanadi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan yurtimiz yer va suv resurslaridan oqilona va qonuniy asosda foydalanish, ularni asrash hamda kelajak avlod uchun saqlashga chaqiramiz. Qonunchilikka zid harakatlar uchun har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilangan.

____________________________________

Menglimamat  Abdiraxmonov,

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yerdan oqilona va...

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...
KunTun
KunTun