Sariosiyo tumanida 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, tumandagi 83-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi. Zamonaviy bog‘chada oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydoni, mashg‘ulotlar uchun tashqi ayvonlar va boshqa zarur barcha sharoitlar mavjud.

