Muzrabot tumani markaziy yo‘llari bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan manzarali daraxtlarni sug‘orish, parvarishlash va hududlarni obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov topshirig‘iga asosan joylarda o‘rganishlar o‘tkazilib, yo‘l chetidagi daraxtlarning holati birma-bir ko‘zdan kechirildi. Jarayonda mas’ullarga ko‘kalamzorlashtirish ishlarida shaxsiy mas’uliyatni oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur sa’y-harakatlar hudud ekologiyasini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va yo‘l atrofini yanada obod hamda ko‘rkam qilishga xizmat qilmoqda.

