Termiz tumanida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida markaziy hududni rivojlantirish ishlari jadallashdi. Bir nechta mahalla tutashgan nuqtada yirik qurilishlar olib borilib, zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari qad rostlamoqda.
Hududda dorixonalar, savdo majmualari, umumiy ovqatlanish maskanlari va maishiy xizmat shoxobchalari yagona arxitektura asosida bunyod etilmoqda. Shu bilan birga, ichimlik suvi, elektr tarmoqlari yangilanib, ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda.
Mazkur loyihalar nafaqat aholiga qulaylik yaratadi, balki hudud iqtisodiy faolligini oshirib, mahallalarning uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.

