Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Date:

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va samimiylik muhitida keng nishonlandi. Bayramning birinchi tongida viloyat bo‘ylab 135 ta jome’ masjidda qariyb 200 ming nafar namozxon jam bo‘lib, hayit namozini ado etdi.

Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome’ masjidida minglab yurtdoshlar bir safda turib, yurt tinchligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqi uchun ezgu duolar qildilar. Bu manzara xalqimizning hamjihatligi va ma’naviy birdamligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Hayit namozi davomida o‘qilgan ma’ruzalarda tinchlik va osoyishtalikni asrash, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan ekani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, milliy hamda ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash har bir insonning muqaddas burchi ekani eslatib o‘tildi.Bugungi globallashuv davrida bunday ulug‘ ayyomlar insonlarni ezgulikka chorlab, qalblarni yaqinlashtiradi, mehr va muruvvat tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Shu bois, Ramazon hayiti nafaqat diniy bayram, balki jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytiruvchi muhim omil sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda viloyat bo‘ylab xayriya tadbirlari, saxovat va ehson ishlari keng davom etmoqda. Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, keksalar va nuroniylardan xabar olish kabi savobli ishlar xalqimizning azaliy qadriyatlari yana bir bor amalda namoyon bo‘layotganidan dalolat bermoqda.

Ramazon hayiti Surxondaryoda insoniylik, bag‘rikenglik va birlik timsoli sifatida qalblarda chuqur aks-sado bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun