Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va xayrli tadbirlar davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi homiyligida tumanda iftorlik tadbiri tashkil etildi.
Iftorlik dasturxoniga nuroniy otaxon-onaxonlar, ehtiyojmand oilalar vakillari, mahalla faollari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari taklif etildi. Samimiy va fayzli muhitda o‘tgan tadbirda Ramazon oyining insonlar qalbida mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lishi, xalqimiz o‘rtasida birlik va hamjihatlik yanada mustahkamlanishini tilab duolar qilindi.
Bunday tadbirlar jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashga, aholi o‘rtasidagi birdamlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

