“Inson” — insonga ko‘makchi

Date:

Termiz tumanida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yordamga muhtoj fuqarolarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan mahallalarda samarali faoliyat olib borilmoqda.

Jumladan, markazning 14-hudud 1-uchastkasi “Guliston” mahallasida faoliyat yuritayotgan kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Muxabbat Xalikova tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan muntazam xabar olinib, ularning ehtiyojlari o‘rganilmoqda. Zarur hollarda tibbiy, huquqiy va ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bunday ezgu ishlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Inson — insonga ko‘makchi” shiori asosida olib borilayotgan faoliyatining yorqin namunasi bo‘lib, aholi farovonligini ta’minlash va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun