Bayram sayli etadi davom

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda. Istirohat bog‘i va Alpomish o‘yingohi hududida tashkil etilgan Navro‘z saylida tuman aholisi bayramona shodlik va quvonch bilan ishtirok etdi. Milliy qo‘rg‘onlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq amaliy san’ati va madaniy chiqishlar saylga alohida fayz bag‘ishlab, mehmonlar va oilalarning yuzlariga tabassum ulashdi.

Tuman hokimi Farrux Xoliqov va rahbarlar tadbir hududini ko‘zdan kechirib, hunarmandlarning mahorati va milliy an’analar asosida tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Ishtirokchilar an’anaviy o‘yinlar, san’at namoyishlari va hunarmandchilik mahsulotlariga qoyil qolib, Navro‘z bayramining mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birlik ruhini his qilishdi.

Ushbu sayl nafaqat milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, balki tuman aholisi o‘rtasida hamjihatlik va bayramona kayfiyatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun