Hashar — elga yarashar

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Achamoyli mahallasida aholi vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu an’ana — hasharni uyushqoqlik va hamjihatlik ruhida o‘tkazmoqda.

Xususan, mahalla aholisi tomonidan hashar yo‘li bilan ko‘prik qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining kundalik hayotini yanada qulaylashtirish hamda hudud obodligiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.

Eng e’tiborlisi, mahalla fuqarolari ushbu ishlarda faol qatnashib, o‘zaro ahillik va birdamlik namunasini ko‘rsatmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda qadimdan shakllangan hashar an’analarining davom etayotganini, xalqimizning hamjihatlik va mehr-oqibat fazilatlari mustahkam ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Hashar — nafaqat obodonlashtirish, balki insonlarni birlashtiradigan, mahalla birdamligini yanada mustahkamlaydigan ezgu qadriyatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun