Iqtidorli yoshlar sahnaga chiqdi

Date:

Termiz shahar 1-sonli madaniyat markazida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan “Filarmoniya yosh ijodkorlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning iqtidorli yosh san’atkorlari o‘z mahoratini namoyish etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, vokal yo‘nalishida Dilshoda Axadova, estrada yo‘nalishida Javohir Maxmaniyozov hamda baxshichilik yo‘nalishida Asliddin Raufov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar berildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov yosh iste’dodlarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy san’at rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun