Hashar qizg‘in tus oldi

Date:

13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari doirasida Sariosiyo tumanida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Bugun erta tongda davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmatlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida umumtuman hashariga tantanali start berildi. Tadbirda tuman hokimi Odiljon Yaqubov hashar xalqimizning hamjihatligi va mahalla birdamligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Hashar davomida mahallalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh hamda qabristonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish ham rejalashtirilgan.

Mazkur ezgu tashabbus hududlarni yanada obod qilish bilan birga, aholining hamjihatligi va o‘zaro mehr-oqibatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun