Avtodrom barpo etilmoqda

Date:

Oltinsoy tumani, “Bo‘ston” mahallasida joylashgan 1-son texnikum hududida zamonaviy avtodrom qurilishi davom etmoqda. Mazkur loyiha o‘quvchi-yoshlarning haydovchilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda tuman prokurori Ravshan Turdiyev qurilish maydoniga tashrif buyurib, olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdilar. Tashrif davomida qurilish sifati, ishlarning borishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu avtodrom kelgusida yoshlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yo‘l harakati madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun