Kambag‘allik chekinmoqda

Date:

Amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hududlarda aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Boysun tumanidagi “Ariq usti” mahallasida yashovchi Guljahon Norqulova ikki yil avval ijtimoiy reyestrga kiritilgan edi. Ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy yordam tufayli u tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘z daromadiga ega tadbirkorga aylandi.

Hozirda u mahalladagi besh nafar ishsiz xotin-qizni shogirdlikka olib, ularga tikuvchilik sirlarini o‘rgatdi hamda o‘z mablag‘i hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta’minladi. Natijada ular ham mustaqil mehnat qilib, barqaror daromad topa boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida o‘tgan yili dastur doirasida 60 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 9,3 foizdan 4,5 foizga tushirildi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 2,8 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun