Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

Date:

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana sotish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun endilikda BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Avval ushbu huquqbuzarlik uchun jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha etib belgilangan edi.

Shuningdek, agar mazkur qoidabuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa yoki ko‘p miqdorda amalga oshirilsa, jinoyat javobgarligi ham qo‘llanadi. Bunda 200–300 baravar BHM miqdorida jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida...

Muhim qulayliklar

Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va...

Platforma faolikka chorlaydi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan...

Bu chollar — yomon chollar

So‘nggi yillarda giyohvandlikka qarshi keskin kurashilayotgan bir paytda,...
KunTun
KunTun