Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida D-165 avtomobil yo‘lining “Fidokor” va “Buyuk ipak yo‘li” mahallalari hududidan o‘tgan qismida olib borilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘lning 300 metr qismida yo‘l chetlari namunali tarzda tuproq bilan to‘ldirilib, Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan hamda ularni parvarishlash uchun zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy etilgan.

Viloyat hokimi ushbu tajribani kengaytirish, avtomobil yo‘llari bo‘ylab yashil hududlar va yashil belbog‘lar tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda D-165 avtomobil yo‘lining Muzrabot tumanidagi 39–50-kilometrlari hamda Angor tumani hududidan o‘tuvchi 26–39-kilometrlari oralig‘ida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha yakunida yo‘l qoplamasi yangilanib, yo‘l bo‘ylari ko‘kalamzorlashtirilishi natijasida haydovchilar va yo‘lovchilar uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoit yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘p tarmoqli faoliyat — samaradorlik garovi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz...

So‘zdan ma’noga: yoshlar lug‘at sirlarini o‘rganmoqda

Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “O‘zbek tilining...

Mansabdor ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurash izchil davom etayotganiga qaramay, ayrim mansabdor...

Jazosi og‘ir bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bezorilik jinoyati uchun javobgarlikni kuchaytirishga...
KunTun
KunTun