“Shinjon” usulida…

Date:

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, “Shinjon” usulida paxta ekishni tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

“Agrobank” ATB tuman filialida bo‘lib o‘tgan muloqotda ushbu usulni joriy etishni istagan fermerlarga plyonka va urug‘lik chigit uchun zarur resurslar ajratish, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar va bank mas’ullariga vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fermerlarga ajratilgan resurslardan samarali foydalanish hamda tayyorlangan yer maydonlarida “Shinjon” usulida chigit ekish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur usulni keng joriy etish paxta hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaArmizyamiz safida…
Keyingi sahifa

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun