Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

Date:

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida oshirilgan to‘lov-kontrakt shakli bekor qilinishi mumkin. Bu o‘zgarish bakalavriat bosqichi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar faqat shaffoflik va sifat mezonlari asosida qabul qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra:

Bakalavriat, magistratura va rezidenturada minimal o‘tish ballari shifokorlar uchun 70%, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 60% belgilanadi.

Tor soha mutaxassislarini faqat magistratura va rezidentura orqali tayyorlash, qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari bekor qilinadi.

Internatura (birlamchi maqsadli ixtisoslash)ga qabul tugatiladi. Mazkur islohotlar ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, klinik amaliyotni kuchaytirish va raqobatbardosh, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga qaratilgan. Natijada, hamma ham shifokor bo‘la olmaydi, faqat eng tayyor va malakali talabalar kasbga qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun