Vatanga sadoqat — oliy sharaf

Date:

Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish, armiya va xalq birligini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Vatanga sadoqat, yurt taqdiri uchun mas’uliyat va faxr tuyg‘usini yoshlar qalbiga singdirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida joylashgan Hayrabod garnizonida harbiy xizmatni muvaffaqiyatli yakunlayotgan askarlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yosh harbiy xizmatchilarning kelgusi rejalari, kasbiy maqsadlari, ta’lim va bandlik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Viloyat rahbari ularga oliy va professional ta’limni davom ettirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish borasida aniq tavsiya va amaliy maslahatlar berdi.

Ta’kidlanganidek, Vatan himoyachisi degan yuksak nom — sharaf va mas’uliyat timsolidir. Uni oqlash faqat xizmat davrida emas, balki butun umr davomida sadoqat va fidoyilikni talab etadi. Harbiy xizmatni munosib ado etgan yoshlar kelgusida yurtimiz ravnaqi, tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida faol, tashabbuskor va vatanparvar kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlab, harbiy xizmatning ulug‘vorlik va shon-shuhratini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun