Ishlar talabga mosmi?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Bandixon tumanida davom ettirdi va hududda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar ijrosi o‘rganildi. Jumladan, 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 39-sonli oilaviy poliklinika binolarini rekonstruksiya qilish ishlarining borishi bilan tanishildi.

Ayni paytda har ikki obyektda yakuniy pardozlash hamda jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, jihozlarni tasdiqlangan texnik talablar asosida o‘rnatish hamda obyektlarni foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.

Shundan so‘ng “Boysun–Denov” avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasining Bandixon tumanidan o‘tuvchi qismida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Loyihaning bosh pudratchisi — “Lankaran Yol Tikinti” MCHJ vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Viloyat hokimi har bir lot bo‘yicha qurilish ishlari sifatini alohida ko‘rib chiqib, yo‘l infratuzilmasiga qo‘yilgan talablar asosida ishlarni tizimli va samarali tashkil etish, belgilangan grafikka qat’iy rioya qilish hamda sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun