Obodonlashtirish ishlari boshlandi

Date:

Muborak Ramazon oyi arafasida Qumqo‘rg‘on tumanida obodonlashtirish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan ishlar jadallashdi. Tuman hokimi Farrux Xoliqov topshirig‘iga asosan M41 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida keng ko‘lamli tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayonda yo‘l yoqalari tozalanib, yashil hududlar parvarish qilinmoqda, daraxt va butalar holati yaxshilanib, hududning estetik ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida dala chetlariga tut ko‘chatlari ekilib, oqlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar ekologik muhitni yaxshilash, hududni chang va shamoldan himoyalash hamda aholi va mehmonlar uchun ozoda, qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun