Muammolar joyida hal

Date:

Surxondaryo viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqotlar davom etmoqda. Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 100 nafardan ortiq tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ayrim masalalar shu joyning o‘zida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Uchrashuvda investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida tadbirkorlarga Xolis xizmat ilovasi imkoniyatlari tanishtirildi. Mazkur platforma biznes jarayonlarini raqamlashtirish, tezkor va xavfsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda moliyaviy boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun