Imkoniyatlar kengaymoqda

Date:

Surxondaryo viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Termiz davlat universitetida zamonaviy infratuzilma, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ochiq muloqotlarda yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, E’zoza Karimova bilan birgalikda Termiz iqtisodiyot va servis universitetidagi o‘quv jarayoni, zamonaviy auditoriyalar va xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlari ijobiy baholandi.

Uchrashuvlar yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi. Bu ishlar Surxondaryoda raqobatbardosh va zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi islohotlarning muhim bosqichi sifatida e’tirof etilmoqda.

Oldingi sahifaSuluv e’tirof etildi
Keyingi sahifaMuammolar joyida hal

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun